IIV hamda Buxoro viloyati IIB mas’ullari tomonidan sohasida faoliyat yuritayotgan psixologlar ishtirokida psixologik seminar-trening o‘tkazildi
Joriy yilning 23-may kuni IIV MMI va KBTD Psixologik ta’minlash bo‘limi hamda boshqarma mas’ullari tomonidan IIVning amaldagi buyruq talablari asosida shaxsiy tarkibining ruhiy holatini o‘rganish va doimiy ravishda nazorat qilib borish maqsadida Buxoro davlat universiteti yig‘inlar zalida Buxoro viloyati IIB tizimida xizmat olib borayotgan Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar va PTG psixologlari ishtirokida navbatdagi psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Malakali o‘qituvchi va psixolog mutaxassislar tomonidan shaxsiy tarzining xizmat jarayonida yuqori zo‘riqishlar, stressli vaziyatlar va o‘z hayotini xavf ostiga qoldirish bilan bog‘liq holatlarda o‘zini tutish va muomala madaniyatini shakllantirish, fuqarolar bilan nizoli holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi, stressli vaziyatlardan chiqish yo‘llari bo‘yicha ma'ruzalar qilinib, mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Unda, xodimlarning ruhiy holatini va ishga bo’lgan munosabatini o’rganishga doir psixologik testlar olindi. Bu kabi psixologik ishlar kelgusida xodimlarning nizoli vaziyatlarni bartaraf etishiga zamin yaratadi.
Yakunda tadbir qatnashchilariga tashakkurnoma topshirilib, viloyat IIB bilan yaqin hamkorligi uchun alohida minnatdorlik bildirildi.