3 Noyabr 2022 yil 672

IIV Buxoro akademik litseyida O‘zbekiston tarixi fani oyligi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Zakovat bu — bilim charxi. Zakovatli bo‘lish ma’nan yetuklik deganidir. Jumladan, kitob o‘qigan insonning maʼnaviyati yuksak, dunyoqarashi keng, tafakkuri boy bo‘ladi. Bu sifatlar kelajagimiz egalari uchun zarur jihatlardir.

Shu o‘rinda, yoshlarning intellektual va professional bilim darajasini oshirib borish, ular orasidan iqtidorli, ijodkorlarni rag‘batlantirib, ularning o‘z aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashish maqsadida IIV Buxoro akademik litseyida “IIVning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’Iim muassasalarida yangi 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishi ijrosi yuzasidan noyabr oyi — O‘zbekiston tarixi fani oyligi doirasida litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan bilimlar bellashuvida akademik litsey o‘quvchilari 7 ta jamoa bo‘lib, o‘zaro bellashishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra: faxrli 1-o‘rinni 102-guruh: “Evrika”, 2-o‘rinni 107-guruh: “Piramida”va 3-o‘rinni 106-guruh: “Zukkolar” jamoalari egallashdi.

G‘olib jamoalar faxriy yorliq, kitoblar to‘plami va esdalik sovg‘alar bilan munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech