IIV Buxoro Akademik litseyida tantanali bitiruv tadbiri o‘tkazildi
Bugun, 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyi saf maydonida bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy Gvardiya viloyat boshqarmasi rahbariyati, ichki ishlar organlarining faxriylari, akademik litsey o‘qituvchilari va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tantanali tadbirni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, MMI va KBTX boshlig‘i podpolkovnik Umid O‘tayev ochib berdi va bitiruvchilarni tabriklab, ularning oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishida muvaffaqiyat tiladi.
Joriy yilda Akademik litseyni tomomlayotgan jami 149 nafar o‘quvchilarga diplomlar topshirildi va bitiruvchilar orasida o‘qishni aʼlo baholarga o‘qib, o‘rnak ko‘rsatgan 29 nafar o‘g‘il va qizga aʼlo darajadagi imtiyozli diplom va sertifikatlar berildi.
Shuningdek, o‘qish davomida fanlarni yaxshi o‘zlashtirib tengdoshlariga namuna bo‘lgan, sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan bitiruvchilar, ularning ustozlari hamda ota-onalari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan munosib taqdirlandi.