8 May 2023 yil 822

Ijaraga olgan uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol fosh etildi

2023 yil 2 may kuni soat taxminan 18:00 larda viloyat IIB TQK JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Buxoro shahar hududida fohishaxona saqlash borasidagi holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish» tadbiri davomida Shofirkon tumani “Iskogare” mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan H.D. ijaraga olgan Buxoro shahar “I.Karimov” ko‘chasidagi uyda moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, evaziga 200.000 so‘m naqd pul olib, fohishaxona tashkil etish va qo‘shmachilik qilish jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech