26 Aprel 2023 yil 543

Ijaraga olgan uyida fohishaxona tashkil qilgan navoiylik ayol tezkor tadbir davomida qo‘lga tushdi

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni xodimlari tomonidan berilgan maʼlumotga asosan viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan B.N. ismli ayol ijara asosida yashab kelayotgan Buxoro shahar Alpomish ko‘chasidagi uyida ikki erkakka tanishi bo‘lgan A.M. ismli ayolning  foxishalik xizmatini taklif qilib, ularning jinsiy aloqa qilishlari uchun muayyan sharoit yaratib berib, har biridan 300.000 so‘mdan jami 600.000 so‘m pullarni olib, fohishaxona tashkil etish va qo‘shmachilik jinoyatlarini sodir qilganligi fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech