24 Noyabr 2022 yil 756

Ijaraga olgan velosipedni olib qochgan shaxs ushlandi

2022 yil 06 aprel kuni soat 12:00da nomaʼlum shaxs, “ARK” qo‘rg‘oni oldida Buxoro shahar «Xushun» ko‘chasida yashovchi fuqaroni aldab, unga tegishli turistik sayohatchilar uchun vaqtinchalik ijaraga beriladigan bahosi 2.700.000 so‘mlik 1 dona velosipedni 5.000 so‘m evaziga ijaraga olish yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va velosipedni nomaʼlum tomonga boshqarib ketib, qaytarib bermasdan firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib. Surishtiruv va tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor texnik hamda tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Jondor tumani «Po‘loti» mahallasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech