Ijtimoiy nafaqa tayinlashda yordam berish evaziga taʼmagirlik qilgan ayol qo‘lga olindi.
Buxoro shahar Afrosiyob ko‘chasida yashovchi S.Q. ismli ayol boshqa bir fuqaroni aldab, uning ishonchiga kirib, go‘yoki o‘zining vakolatli tanishlari orqali nabirasiga ijtimoiy nafaqa tayinlanishda yordam berish evaziga 800.000 ming so‘m talab qiladi.
2023 yil 19 may kuni taxminan soat 8:30 larda Buxoro viloyati IIB TQX JQB xodimlarining boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida ushbu ayol Buxoro shahar Vobkent ko‘chasida joylashagan 23-sonli maktab internati oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.