27 Aprel 2023 yil
444
Ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir qilingan yana bir firibgarlik fosh etildi
Buxoro tumani “Losha” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan L.S. ismli shaxs G‘ijduvon tumani “Zarangari” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan F.A.ning ishonchiga kirib, uning rahbarligidagi MCHJ. ga qarashli “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasining sug‘urta polisi to‘lovlari sifatida turmush o‘rtog‘i A.N. ning plastik kartasidan 2022 yil 25 noyabr kuni soat 11:15 da “Apelsin” ilovasi orqali 9.500.000 so‘m pullarni olishga erishib, ushbu pullarni sug‘urta tashkiloti hisob raqamiga topshirmasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.