17 Mart 2023 yil 527

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan murojaat yuzasidan rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda Qorako‘l tumani IIB ayrim xodimlarining hatti-harakatlaridan norozi bo‘lib maqola eʼlon qilindi.

Mazkur holat Buxoro viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Qorako‘l tuman “Chekirchi” mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Yu. joriy yilning 9 mart kuni Qorako‘l tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza orqali murojaat qilib, 2023 yil 9 mart kuni soat 19:30 larda tumanning “Toshkent” ko‘chasida asosiy yo‘ldan o‘ziga tegishli spark mashinasida harakatlanib, yulning chap tomonidagi do‘kon oldida to‘xtash uchun avtomashinasining tezligini kamaytirgan vaqtida, ortidan kelayotgan “Kaptiva” rusumli avtomashina haydovchisi uni tez yurishga undab ortidan to‘xtovsiz signal chalganligini va u avtomashinasini chetga olganidan so‘ng, “Kaptiva” haydovchisi uni kurakda turmaydigan nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligini, shu sababli ushbu avtomashina haydovchisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Fuqaro N.Yuning ushbu murojaati shu kunning o‘zida tuman IIB xodimlari tomonidan qabul qilinib, tegishli tartibda qayd qilingan va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Tekshiruv davomida Qorako‘l tumani “Chekirchi” mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro b.N. murojaat muallifi N.Yuni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligi aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudiga taqdim qilingan.

Tuman IIB ning ayrim xodimlarini obro‘sizlantirish bilan bog‘liq keltirilgan vajlar viloyat IIB masʼul xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.

O‘rganish natijalariga ko‘ra tuman IIB xodimlarining harakatlarida intizom yoki qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, IIV ning amaldagi meʼyoriy buyruqlari va qonunlarda belgilangan tartibda taʼsir choralari qo‘llaniladi.

Text to speech