17 Aprel 2023 yil 578

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan video murojaat yuzasidan rasmiy munosabat

Joriy yilning 11-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “3 soatda 138 ta qoidabuzarlik aniqladim - Shofirkon” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan video murojaat Buxoro viloyati IIB JXX YHXB masʼul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi va bu bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qilamiz:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Transport vositalarining vazni va hajm parametrlarini nazorat qilishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 337-sonli qaroriga asosan, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining 2020-yil 16-iyulidagi 132-sonli buyrug‘i bilan respublika hududidagi avtomobil yo‘llarida transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish “Yo‘l loyiha ekspertiza” UKga yuklatilgan.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 337-sonli qarori “Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 7-bandida “Avtomobil yo‘llarida transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini o‘lchash uchun uskunalarni qo‘llagan holda nazorat (keyingi o‘rinlarda-vazn va hajm parametrlari nazorati) amalga oshiriladi”, 12-bandida “Vazn va hajm parametrlari nazorati statsionar va ko‘chma punktlarida transport vositalarining ortiqcha yuk ortilganligi yoki transport vositalarining har bir o‘qiga tushadigan ortiqcha yuk og‘irligi uchun belgilangan tartibda jarima solinishiga asos bo‘ladi”, 19-bandida “Vazn va hajm parametrlari tekshiruvini amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining avtomobilda tashishlar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha inspektorlari, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi o‘tish punktlarida Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlari (keyingi o‘rinlarda-inspektor) quyidagilardan iborat instrumental nazoratni amalga oshiradi, transport vositasining hajmlarini o‘lchash (og‘irlik, uzunlik, kenglik va balandlik kabilar), o‘qlar o‘rtasidagi masofani o‘lchash, yaqin joylashgan o‘qlar va o‘qlar guruhini aniqlash, podveska turini aniqlash (pnevmatik yoki unga ekvivalent), transport vositasining har bir o‘qidagi g‘ildiraklar sonini aniqlash, yakka o‘qqa, yaqin joylashgan o‘qlar va o‘qlar guruhiga tushadigan og‘irlikni o‘lchash, umumiy og‘irligini o‘lchash va boshqalar”, 29-bandida “Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalari harakatlanishi qoidalari buzilgan, belgilangan namunadagi maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda, vazn va hajm parametrlari nazorati punkti inspektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1251-moddasiga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiradi”-deb belgilab berilgan.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi “Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalari to‘g‘risidagi” 342-sonli qarorining 2-ilovasi o‘ninchi xatboshisida Og‘ir vaznli yuk - vazni ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida tashishda transport vositasining g‘ildirak o‘qiga tushadigan og‘irligi mazkur Qoidalarda bayon etilgan meʼyoriy miqdorlardan ortiq bo‘lgan yuk”, mazkur qaror asosida avtotransport vositalarining ruxsat etilgan massasi yakka avtotransport vositalari uchun ikki o‘qliga-18 tonna, uch o‘qli-26 tonna, to‘rt o‘qliga-32 tonnamingashmali va tirkamali avtopoyezdlar uchun uch o‘qliga -28 tonna, to‘rt o‘qliga-36 tonna, besh o‘qliga 40 tonna hamda olti va undan ortiq o‘qliga-44 tonna qilib belgilangan. Shu bilan birga mazkur qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida kelishilgan aniq yo‘nalish bo‘yicha og‘ir vaznli yuklarni tashishga avtomobil yo‘liga egalik qiluvchi yuridik shaxs tomonidan bir martali yoki ko‘p martali tashuv uchun beriladigan maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanishga ruxsat berilishi belgilab berilgan.

Shu boisdan videoda ko‘rsatilgan transport vositalarini vazn va hajm parametrilarini o‘lchovchi vositalar bevosita “Yo‘l loyiha ekspertiza” UK tomonidan mazkur avtomobil yo‘lida mavjud emasligini va bu bo‘yicha YHXB xodimlarining mazkur avtomobil yo‘lidan o‘tgan haydovchilarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha vakolati yo‘qligini aksincha bu murojaat bevosita “Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi”ga yo‘llanilishini maʼlum qilamiz.

Text to speech