27 Mart 2023 yil 1426

Ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan videolavha yuzasidan rasmiy maʼlumot Joriy yilning 26 mart kuni Buxoro shahrida joylashgan “Sominiylar” istirohat bog‘idagi “karuseldan” bir erkak va ayol hamda ularning farzandlari tushib ketganligi aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB quyidagilarni maʼlum qiladi.

Joriy yilning 26 mart kuni soat 15:51 da RSHTTYOIM Buxoro filiali shifokori M.Bekova viloyat Ichki ishlar boshqarmasining “102” markazlashgan elektron tizimiga qo‘ng‘iroq qilib, Buxoro shahar Fatxobod ko‘chasida yashovchi Q.S., X.A. va ularning farzandi F. A. lar tan jarohati olib, tibbiy muolaja olish uchun murojaat qilganligini bildirgan.

Mazkur xabarnoma Buxoro shahar IIO FMB 1-son IIB masʼul xodimlari tomonidan tegishli tartibda qayddan o‘tkazilgan va zudlik bilan hodisa joyiga Buxoro shahar IIO FMB tezkor-tergov guruhi yuborilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan Buxoro shahar Xo‘jag‘unjoriy mahallasi Havzi bodom ko‘chasida joylashgan “Somoniylar” istirohat bog‘i hududida joylashgan “Tvister” nomli YATT R.E. va X.Sh.ga tegishli bo‘lgan charxpalak attraksioni ko‘zdan kechirilganida attraksiondagi oq-qizil rangda bo‘lgan bitta arg‘imchoq o‘z o‘qi atrofidan chiqib, taxminan 6 metr uzoqlikka uchib borib tushganligi natijasida arg‘imchoqda bo‘lgan Q.S va uning turmush o‘rtog‘i X.A. hamda ularning farzandi F.A. tan jarohati olganligi aniqlangan.

Hozirgi vaqtda jabrlangan fuqarolarning salomatligi yaxshi.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Text to speech