Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ayol erining o‘ynashini nakalena qo‘ydi” sarlavhasi ostida video xabar joylashtirildi.
Mazkur videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi.2022 yilning sentyabr oyida Jondor tumani “Pahlavon” mahallasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan z.F. turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatlarga kirishgan tumanning “Yangiobod” mahallasida yashovchi D.D. ni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, uning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitib, ushbu jarayonni videotasvirga olgan.
Holat fuqaro D.D. ning murojaati asosida o‘sha vaqtning o‘zida tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli tartibda qayd etilgan va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, maʼmuriy ish hujjatlari mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Tuman sudining 2022 yil 8 noyabr kunidagi qaroriga ko‘ra fuqaro z.F. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, yaʼni 1.200.000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari bu kabi holatlarga beʼetibor bo‘lmaganliklari, biz bilan doimiy hamkorlikda bo‘lganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.