Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan videomaterial yuzasidan rasmiy maʼlumot
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qorako‘l tumani 10-maktabdagi janjal mojarosi” rukni ostida video tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o‘rganilganda Aniqlanishicha, 2023 yilning 1 avgust kuni viloyat IIB da faoliyat olib borayotgan 102 elektron tizim operatoriga Qorako‘l tumani Darg‘ali mahallasida yashovchi O.F ismli fuqaro janjal natijasida tan jarohati olganligini bildirib murojaat qilgan.
Mazkur xabar yuzasidan o‘sha vaqtning o‘zidayoq Qorako‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi Darg‘ali mahallasi profilaktika inspektori tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan.
Hozirgi kunda, Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra yengil tan jarohati olgan O.F. jabrlanuvchi sifatida tanilib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi yakuni bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi taʼminlanadi.
Mahalla profilaktika inspektoriga nisbatan bildirilgan eʼtirozlar yuzasidan Buxoro viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv olib borilmoqda.