9 May 2023 yil 4351

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot

Bugun Ijtimoiy tarmoqlarda “Aytishlaricha, videodagi ayol Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi 4-maktab psixologi ekan. Maktab psixologining ahvoli shu bo‘lsa, maktabni ahvoli qanaqa ekan” sarlavhasi ostida video rolik tarqaldi.

 Ushbu holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o‘rganilganda Aniqlanishicha, ushbu videorolikdagi qiz, Qorako‘l tumani “Tinchlik” mahallasida yashovchi, 2007 yilda tug‘ilgan,  tumandagi 4-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabning 10-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan T.Sh. ekanligi, u ushbu videotasvirni taxminan ikki yil oldin o‘z  uyida va telefoniga video tasvirga olganligi, ushbu videotasvir o‘ziga nomaʼlum bo‘lmagan holatda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganligi aniqlangan.

 Ushbu videotasvirlarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketganidan so‘ng, voyaga yetmagan qizning buvisi Qorako‘l tumani “Tinchlik” mahallasida yashovchi fuqaro T.T. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘zining murojaatida, Qorako‘l tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 4-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktabining 10-sinfida tahsil olayotgan voyaga yetmagan nevarasi T.Sh.ning o‘zi tomonidan taxminan ikki yilcha muqaddam tasvirga olinganligi, voyaga yetmagan nevarasi uchun sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ushbu videolavha nevarasining telefonidan ularga nomaʼlum bo‘lgan shaxslar tomonidan qo‘lga kiritilib, ularning roziligisiz internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatib yuborilib, nevarasi voyaga yetmagan T.Sh. ning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitganligini bayon qilgan va ushbu shaxslarni topib ularga nisbatan qonuniy  chora ko‘rilishini so‘ragan.

 Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 141/3-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarini oshkor qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Jinoyat ishi doirasida aybdorlarning shaxsiga to‘la aniqlik kiritilib, ularning harakatlariga huquqiy baho beriladi hamda jinoyat uchun jazo muqarrarligi taʼminlanadi.

Hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari, mustaqil jurnalist va blogerlar!

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holatni turlicha talqin qilmasliklaringizni, tergov harakatlarining odilona, xolis va to‘laqonli olib borilishiga shubha tug‘dirmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

 

 

 

 

Text to speech