Qimor va tavakkalchilikka asoslangan har qanday o‘yinlarni tashkil etish va unda ishtirok etish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan xar qanday o‘yinlar nafaqat dinimiz balki qonunlarimizda xam man etilgan. Chunki ularning og‘ir oqibatlari, insonlar hayotining buzib yuborgani haqida minglab hayotiy misollar bor. Biroq, oson pul topish, yoki kuchli ishqibozlik ortidan hamon nafaqat pullari balki hayotini ham tavakkalga tikayotganlar afsus uchrab turadi.
Jondor tumanining “Xumin” mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan shaxs uz uyida shunday “Ishqibozlarga” sharoit yaratib bergani ichki ishlar organlari tomonidan aniqlandi.
2023 yil 21 dekabr kuni kechqurun soat 20:30 larda fuqaro uz uyi mehmonxonasida bir guruh qishloqdoshlarini yig‘ib qimorxona tashkil etish va uni o‘tkazish jinoyatini sodir etgan.
Qishloqdosh yigitlar manzilda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etib, qimor o‘ynab turganlarida tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Asrlar davomida ota bobolarimiz uz farzandlariga qimor o‘yinlari oxir oqibat nima bilan tugashi, bu illatga berilgan minglab insonlar hatto uz joniga qasd qilishgacha borganini uqtirib kelishadi.
Huquq tartibot organlari vakillari esa qimor va tavakkal o‘yinlarni tashkil etgan unga sharoit yaratgan va bu o‘yinlarda ishtirok qilganlarga qonunlarimizda jazo choralari muqarrarligi haqida ogohlantirib kelishsada, bu ayrim yurtdoshlarimizning kuzini ochmayapti.
Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.