5 Iyun 2023 yil 489

Imtiyozli kredit mablag‘larini olib berish evaziga taʼmagirlik qilgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi TQB JQB hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahar “A.Donish” mahallasida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan A.A. ismli shaxs boshqa bir fuqaro A.U. ni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, unga bank tizimida ishlovchi vakolatli tanishlari orqali baliqchilik faoliyatini rivojlantirish uchun 30,0 mln. so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini olib berishni vaʼda qilib, Buxoro shahar “Gazli shoh” ko‘chasida joylashgan avtosalon oldida kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech