19 Aprel 2023 yil
604
Imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan AT Xalq banki masʼul xodimi ushlandi.
Shofirkon tumani “Jo‘sho‘ra” mahallsida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan F.Sh. AT Xalq bankining Galaosiyo filialida 2017 yildan 2022 yil oktyabr oyiga qadar pensiya va nafaqa tarqatish bo‘yicha buxgalter-nazoratchi lavozimida ishlab kelib, 2019-2022 yillar davomida AT “Xalq banki” Galaosiyo filialidan fuqarolar J.J., H.A., S.S. va N.O‘.larni aldab, ularning nomiga jami 61,7 mln. so‘mlik kredit mablag‘larini ajratilishiga erishib, kredit mablag‘larini o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.