17 Iyul 2023 yil 737

Imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinayotgan masʼul mansabdorga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, Buxoro tumani “Yangi Turmush” mahallasi hokim yordamchisi R.A. o‘z mansab mavqedan foydalanib, o‘zi faoliyat olib borayotgan mahalla fuqarolari G.J., U.S., B.S. va Sh.Q.larni xabardor qilmasdan, aldov va o‘ziga bo‘lgan ishonchni suiisteʼmol qilib, har birining nomiga 33,0 mln. so‘mdan, jami 165,0 mln. so‘m, 14 foizli imtiyozli kredit mablag‘larini olish maqsadida, g‘arazgo‘ylik va boshqa manfaatlarni ko‘zlab, soxta tavsiyanomalar va dalolatnomalar rasmiylashtirib, elektron bazaga kiritish yo‘li bilan ATB “Agrobank” Buxoro tuman filialidan kredit mablag‘larini olishga erishib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech