Ingliz tili darajasini belgilovchi sertifikatni olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Peshku tumanidagi 1-sonli IDUM ingliz tili fani o‘qituvchisi tumanning “Sadir” mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan B.Z. boshqa bir fuqaroni aldab, unga “Linguaskill” sertifikati “V2” ingliz tili darajasini belgilovchi sertifikatni olib berishni vaʼda qilib, firibgarlik yo‘li bilan 500 AQSH dollarini olgan.
Buxoro viloyati huquq-tartibot organlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida firibgarlik yo‘li bilan olgan pullaridan 200 AQSH dollarini joriy yilning 24 aprel kuni turmush o‘rtog‘i M.Sh. orqali Peshku tumanining “Mustaqillik” mahallasi hududida qaytarib berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.