12 Aprel 2023 yil
634
Ishga joylashtirishni vaʼda qilgan Tibbiyot birlashmasi maʼsul xodimi qo‘lga olindi
Peshku tumani Tibbiyot birlashmasi kadlar bo‘limi masʼul xodimi tumanning “Kalasang” qishlog‘ida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan M.A. Z.N. ismli ayolni kichik tibbiy xodim vazifasiga ishga joylashtirishni vaʼda qilib, uni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, joriy yilning 25 mart kuni o‘z xizmat xonasida undan 200 AQSH dollarini olgan.
2023 yil 10 aprel kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u olgan pullaridan 100 AQSH dollarini qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.