Ishga qo‘yish evaziga 1500 dollar talab qilgan shifokor jinoyat ustida qo‘lga tushdi
Shofirkon tumani Qalmaqon qishlog‘ida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan L.N. ismli ayol fuqaro R.F. ni aldab, uning ishonchiga kirib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ul xodimga pora berish orqali uni RSHTYOIM Buxoro filialining «Nevropatologiya» bo‘limiga nevrolog shifokor vazifasida ishga joylashtirish evaziga 1500 AQSH dollari berishni talab qiladi.
2023 yil 30 yanvar kuni soat taxminan 18:30 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu ayol RSHTYOIM Buxoro filialining hovlisida fuqaro F.S. dan talab qilingan 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.