8 Aprel 2023 yil
492
Ishga qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar tezkor tadbir davomida ushlandi
Qorovulbozor tumani “Aholitrans” MCHJ haydovchisi tumanning “Sardoba” qishlog‘ida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan Ch.A. boshqa bir fuqaroni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, uning tanishi Sh.I.ni jamiyatning vakolatli rahbarlari orqali ushbu jamiyatga nazoratchi vazifasiga ishga kiritish evaziga 200 AQSH dollarini talab qiladi.
2023 yil 3 aprel kuni soat 13:30 larda viloyat IIB JQB hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.