21 Iyul 2023 yil 749

Ishqiy munosabatlarni oshkor qilmaslik evaziga “Iphone” talab qilgan tovlamachi qiz qo‘lga olindi

Buxoro shahrida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan D.E. ismli shaxs (ayol) qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, Buxoro shahrida yashovchi tanishi 1989 yilda tug‘ilgan M.A. bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib, u bilan ijtimoiy tarmoq orqali olib borgan yozishmalarini turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatish yaʼni jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, buning evaziga M.A. dan "Iphone 14 promax" rusumli telefon apparatini olib berishni talab qiladi.

2023 yil 17 iyul kuni  Buxoro viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu ayol Buxoro shahridagi “Korzinka-1” savdo majmuasi avtoturargohida talab qilgan telefon apparatini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech