Islohotlar ijrosi amalda: Buxoroda ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi
So‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan yosh avlodni tarbiyalashda “Ustoz-shogird” anʼanasiga amal qilish, ustozlarni ulug‘lash, ularning orttirgan boy amaliy tajribalaridan unumli foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ushbu ishlarning amaliy ifodasi sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda uzoq yillar davomida ichki ishlar organlari tizimida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib, yosh avlodga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan faxriy ustozlar o‘zlarining boy amaliy tajribalari haqida xodimlarga so‘zlab berishdi.
Bundan tashqari, Buxoro davlat universiteti tarix va yurisprudensiya fakulteti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Ziyodullo Elov tomonidan, Prezidentimizning 2022 yil 20 dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati haqida barcha shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazib, maʼnaviyat va maʼrifat o‘quv mashg‘ulotiga kiritilgan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim Yangi O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalish” mavzusi bo‘yicha ham yig‘ilganlarga qator maʼlumotlar berib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, xodimlarga konsert dasturi havola etildi.
Tadbir yakunida sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan fidoyi faxriylarga minnatdorlik ramzi sifatida viloyat IIB tomonidan chop etilgan “Vatan osoyishtaligi yo‘lida 30 yil” nomli kitob topshirildi.