12 Aprel 2023 yil 557

Isteʼmolga yaroqsiz qo‘lbola usulda tayyorlangan o‘simlik yog‘ini sotayotgan shaxs fosh etildi

2023 yil 6 aprel kuni viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, G‘ijduvon tumani “Sarmijon” mahallasida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan S.S. o‘z yashash xonadonida “yashirin sex” tashkil qilib, hech qanday hujjatlarsiz, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, qo‘lbola usulda tayyorlangan paxta chigitidan olingan 30 litr o‘simlik yog‘ining har bir litrini 35.000 so‘mdan hisoblab, boshqa bir shaxsga jami 1.050.000 so‘mga sotayogan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 186/2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech