20 Fevral 2023 yil 494

Isteʼmolga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari savdosi fosh etildi

Joriy yilning 8 fevral kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, G‘ijduvon tumani, Vazirshoh mahallasida yashovchi R.Ya. ismli fuqaro B.Mga tuman SEO va JSB ning xulosasiga ko‘ra qo‘lbola usulda tayyorlangan isteʼmolga yaroqsiz juvoz yog‘ining har bir litrini 15.000 so‘mdan hisoblab, 400 kg mahsulotni 6.000.000 so‘mga sotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 186/2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech