12 May 2023 yil 503

G‘ijduvon tumani: Qo‘shma qaror ijrosi mahallalar bo‘ylab keng muhokama qilindi

Bugun, 12-may kuni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev boshchiligida 3-sektor hududiga qarashli G‘ijduvon tumani IIB 3-son IIBga qarashli 21 ta mahallada jinoyatchilikni oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida yig‘ma otryadlar shakllantirilib, kun davomida bir qator profilaktik tadbirlar olib borildi.

Jumladan, “fuqarobay” ishlashning Buxoro tajribasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklari tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlariga doir qabul qilingan qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan hududlarda masʼul “beshlik” vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan joyida tanishildi.

Viloyat IIB ishchi guruhi tomonidan mahallalarda MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar birma-bir o‘rganildi.

Bunda, huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish, uzoq muddatga ketgan fuqarolarning oila aʼzolari bilan va chet eldan qaytib kelgan fuqarolar, muqaddam sudlangan, nazorat ostidagi shaxslar hamda spirtli ichimlikga ruju qo‘ygan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan fuqarolar bilan yakka tartibda profilaktik ishlar olib borish tartiblari batafsil tushuntirildi.

Text to speech