24 Iyul 2024 yil 1648

G‘ijduvon tumanida olib borilayotgan keng ko‘lamli «Xavfsiz hudud» keng qamrovli profilaktik tadbirlari o‘z samarasini bermoqda.

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida mavjud tizimli muammolarni, aholining murojaatlarini hal etish, ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash orqali mahallalarni ishsizlik va jinoyatdan xoli hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, tumanni ijtimoiy iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasidagi manzilli ishlarni izchil olib borishga Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i masʼul etib biriktirildi.

Topshiriq asosida viloyat prokuraturasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qo‘shma farmoyish ishlab chiqilib, joriy yilning 4-iyun kunidan boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov boshchiligida huquq-tartibot organlari va boshqa taalluqli idoralarning masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhlar shakllantirilib, bir qator manzilli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bunda asosiy eʼtibor, tumanda kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni kamaytirish, migratsiyada yurib qiynalgan fuqarolarni qaytarish va ularni ish bilan taʼminlash, migratsiyada yurgan fuqarolarning oila aʼzolari, sudlarda nizolashayotgan yoki nizoli oila sifatida profilaktik hisobga olingan oilalar bilan manzilli ishlash, mahallalarni obodonlashtirish va raqamlashtirish, zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash va hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilish, mahalla yettilik vakillarining ish samaradorligini oshirish uchun ularning bilim saviyasini, ishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, kundalik ish faoliyatlari ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirish, xodimlar va fuqarolar, ayniqsa yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga qaratilmoqda.

G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan xonadonbay o‘rganish tadbirlari davomida 6 784 ta xonadonlarda 753 ta muammolar aniqlanib, hal qilish choralari ko‘rildi. Tadbir boshidan jinoyatlarni keltirib chiqarish xavfi yuqori bo‘lgan 1 958 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanib, ushbu huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini taʼminlandi, jarayonda 61 ta huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlanishi va ulardan 97 023 918 so‘m jarimalarning undirilishiga erishildi.

Shuningdek, 12 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va 23 nafar ruhiy kasallikka chalingan shaxslar aniqlanib sog‘liqni saqlash muassasalarga joylashtirildi.

Profilaktik hisobda turgan jami 3 345 nafar muqaddam sudlangan shaxslarning 2 177 nafari bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, maʼmuriy nazorat qonuni taʼsiri ostiga tushuvchi 101 nafar shaxslardan 23 nafariga nisbatan maʼmuriy nazorat o‘rnatildi.

5 ta holatda voyaga yetmagan farzandlarini tungi vaqtlarda ko‘ngilochar maskanlarda nazoratsiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Firibgarlik, o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish va yo‘l transport hodisalari, kiberjinoyatchilik, terrorizm va axloqqa oid jinoyatlarni oldini olishga doir targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, bukletlar tarqatildi.

Tuman hududida istiqomat qiluvchi 23.000 nafardan ortiq bank plastik kartasiga ega fuqarolarning ro‘yxatlari shakllantirilib, masʼul rahbarlar boshchiligida mahalla yettilik vakillari tomonidan “fuqarobay” targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha 3 595 ta qoidabuzarlik holati bo‘yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 1 621 ta transport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi.

O‘tkazilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar davomida 171 ta ajrim yoqasidagi va 190 ta nizoli oilalar bilan “Buxoro tajribasi” asosida tuman hokimi boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar tomonidan manzilli profilaktik tadbirlar olib borilib, 94 nafar tazyiqqa uchragan ayollarning 56 tasiga himoya orderlari rasmiylashtirilib, tadbir boshidan himoya orderi qoidalariga rioya etmagan 3 nafar shaxslar jazoga tortildi.

“Tig‘” tadbirlari davomida 13 ta holatda tan jarohati yetkazish mumkin bo‘lgan buyumlarni noqonuniy ravishda saqlash va olib yurish bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, javobgarlikning muqarrarligi taʼminlandi.

Tadbir davomida sud va tergov organlariga kelishdan bo‘yin tovlab yurgan 7 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan bo‘lsa,

6 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida, 1 ta noqonuniy hujra, 4 ta qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish va 5 ta holatda giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoiy holatlar, shuningdek, 22 ta elektr energiyasidan va 18 ta tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

G‘ijduvon tumanining mahallalarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi qurash, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish maqsadida xonadonlar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, korxona va tashkilotlarda 177 ta kuzatuv kameralari o‘rnatilib, tayanch punktlariga integratsiya qilish choralari ko‘rildi.

Natijada bugungi kunda G‘ijduvon tumanida jinoyatchilikning, ayniqsa oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning sezilarli darajada kamayishiga erishildi.

"Xavfsiz hudud" keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlari viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham izchillik bilan olib borilmoqda.

Text to speech