G‘ijduvon tumanida og‘ufurush qo‘lga olindi
Viloyatimizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan keng qamrovli “Qoradori-2024” tadbirlari doirasida olingan tezkor maʼlumot asosida joriy yilning 16 may kuni G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Taxtaxon mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan S.F. ismli shaxs boshqa bir fuqaroga 2 dona rangsiz polietilen paket bo‘lagiga o‘ralgan, viloyat IIB Ekspert kriminalistika markazining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 2,09 grammga teng bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini 800.000 so‘mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tezkor surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.