14 Iyun 2023 yil 604

G‘ijduvon tumanida profilaktika insprektoriga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

G‘ijduvon tumani IIB XPB profilaktika inspektorining viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga yozgan bildirgisi asosida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, G‘ijduvon tumani “Gulistonobod” mahallasida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan Y.O. ismli shaxs joriy yilning 6-iyun kunida o‘z boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasini spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarganligini aniqlagan G‘ijduvon tumani IIB 1-son IIB HPB profilaktika inspektoriga, unga nisbatan mastlik holati bo‘yicha tuzilgan ma’muriy bayonnomani yengilroq huquqbuzarlik turiga almashtirishi va avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 2.000.000 so‘m miqdorida pora taklif qilib, tumanning “Qassobon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan uning xizmat xonasida 1.200.000 so‘m miqdoridagi pullarni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Y.O. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech