G‘ijduvonda yuk avtomashinasining zahira diskasi va shinasini o‘g‘irlab ketgan shaxlar ushlandi
2023-yil 15-aprel kuni soat 22:00 larda noma'lum shaxs G‘ijduvon tumani “A.Qahhor” mahallasidagi yo‘l bo‘yida turgan fuqaro Sh.R. ismli shaxsga tegishli bo‘lgan “DAF” rusumli yuk avtomashinasining zahira diskasi va shinasini yashirin ravishda talon-taroj qilib, jabrlanuvchiga 4.000.000 so‘m moddiy zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Navoiy viloyati Navoiy shahri “Tinchlik” mahallasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan G‘.I., hamda uning mahalladoshi 2005-yilda tug‘ilgan G‘ijduvon tumani 2-son Kasb hunar kolleji 1-bosqich talabasi voyaga yetmagan shaxs Sh.O. lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxslarning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.