26 Dekabr 2022 yil 804

G‘ijduvonda voyaga etmagan shaxslar savdo do‘konini o‘margan

2022 yil 17 dekabr kunidan 18 dekabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, G‘ijduvon tumani Chorsu mahallasida yashovchi, A.D ga tegishli bo‘lgan Degrezon mahallasi hududida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy tarzda kirib, savdo do‘kon ichidan jami 15.100.000 so‘m naqd pullarni va bahosi 10.000.000 so‘m bo‘lgan 4 dona telefon apparatini o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga 25.100.000 so‘mlik moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni shu tumanning Buktaroy mahallasida yashovchi, 3 nafar voyaga yetmagan shaxslar sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxslarning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech