Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan videoxabar yuzasidan rasmiy munosabat...
Bugun, 28 noyabr kuni Ijtimoiy tarmoqlarda “Qorako‘lda Kobalt haydovchisi IIB xodimlari tomonidan yo‘li to‘silishiga qaramasdan, yo‘lini to‘sgan boshqa bir Kobaltni urib qochdi” sarlavhasi ostida videoxabar eʼlon qilindi.
Ushbu videoxabar Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Joriy yilning 28 noyabr kuni soat 13:00 larda Qorako‘l tuman IIB JXX XPB profilaktika inspektori katta leytenant Rustamov Abdullo Ixtiyor o‘g‘li o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli 80Z919OA davlat raqam belgili avtomashinasida Qorako‘l tuman markaziy shifoxonasidan xizmat hududi “Paxtakor” mahallasi tomonga harakatlanib borayotgan vaqtda, tuman markaziy Dehqon bozori ro‘parasida uning avtomashinasi orqasidan qora rangli “Kobalt” rusumli, yon oynalari qoraytirilgan davlat raqam belgisiz avtomashina kelib urib, YTH sodir bo‘lgan.
Shundan so‘ng, profilaktika inspektori katta leytenant A.Rustamov avtomashinadan tushib, avtomashina haydovchisiga to‘xtash ishorasini qilgan vaqtda, ushbu avtomashina haydovchisi IIB xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, profilaktika inspektori katta leytenant A.Rustamov boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli, 80Z919OA davlat raqam belgili avtomashinaning old qismiga shikast yetkazib voqea joyidan nomaʼlum tomonga qochib ketgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv-surishtiruv harakatlari davomida ushbu kora rangli “Kobalt” rusumli, yon oynalari qoraytirilgan davlat raqam belgisiz avtomashina haydovchisi Qorako‘l tumani “Quvvacha” mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro J.M. ekanligi, avtomashinani Buxoro viloyati Olot tumani “Nurobod” mahallasida tashlab qochib ketganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan holda avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi hamda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Natijasi yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi.