Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan eʼlon yuzasidan rasmiy maʼlumot
Joriy yilning 6 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “joriy yilda Buxoroda “it urushi” bo‘yicha chempionat o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda” – deb post chiqarilgan.
“Milliy xalq o‘yinlari" niqobi ostida o‘rtaga pul tikib parranda va hayvonlarni urushtirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasida (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) va 191-moddasida (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish) maʼmuriy hamda Jinoyat Kodeksining 278-moddasida (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish) jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Mazkur “it urushtirish” ommaviy tadbirini o‘tkazish bo‘yicha ruxsat olish uchun viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat kelib tushmagan.
Mazkur maʼlumot yuzasidan hozirgi kunda hududiy ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv yakuni bo‘yicha aniqlangan har qanday qonun buzilish holatida javobgarlikning muqarrarligi taʼminlanadi.