Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash — ustuvor masala
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi va uning quyi tuzilmalari tomonidan o‘tgan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajariladigan vazifalar muhokama qilindi.
Dastlab, o‘tgan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va bu borada kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan IIB JXX JTSB boshlig‘i Dilshod Jabborovning hisoboti tinglandi.
Shahar tumanlar kesimida jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi.
Xizmat jarayonida xodimlarning o‘z ishiga munosabati, o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishi lozimligi haqida so‘z bordi.
Yig‘ilish tanqidiy tahliliy ruhda o‘tkazilib, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan har bir masʼul rahbar va ijrochi xodim rasmiy ogohlantirildi.
Shu bilan birga xodimlar bilan burch va majburiyatlarga hamda o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashishlariga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.
Yig‘ilish davomida keltirib o‘tilgan tanqid va tahlillardan barcha xodimlar o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarining har bir bandi va qo‘yilgan vazifalarni ijroga qaratishi borasida topshiriqlar berildi.