Jamoat xavfsizligi — yurt tinchligi uchun barchamiz mas’ulmiz!
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar va yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida tungi xizmatga biriktirilgan IIO xodimlariga xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tkazildi
Bugun, 4-noyabr kuni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari boshchiligida qator masʼul rahbarlar tomonidan Buxoro shahar hududi bo‘ylab “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan ichki ishlar organlarining Patrul-post hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati kabi sohaviy xizmatlari xodimlari, Buxoro shahar IIO FMB shaxsiy tarkibi va Milliy gvardiya, profilaktika inspektorlarning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari, “Qalqon” guruhi aʼzolari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Bunda, tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga fuqarolar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda tungi vaqtlarda ularning jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurishlarini bartaraf etish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar hamda fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, xizmat intizomi va qonunchilikka qat'iy amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.