27 Iyul 2022 yil 629

Jamoatchilik nazorati – muhim ijtimoiy vazifadir

Maʼlumki, bugungi kunda ichki ishlar organlari xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan, faoliyati ochiq va shaffof, jamiyatning deyarli barcha jabhalarida ishtirok etadigan tizim hisoblanadi. Shunday ekan, tizim xodimlarining faoliyatiga jamoatchilikning eʼtibori kundan kunga ortib bormoqda.

Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini amalga tatbiq etishning asosiy mezonlaridan biri, bu jamoat tartibini saqlash va patrul-post xizmatlari faoliyatini shaffofligini hamda jamoatchilik bilan hamnafasligini taʼminlashdir.

Bu borada, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi, Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shuxrat Jalolov hududlarda bo‘lib, xodimlarning ochiqlik sharoitida xizmat olib borish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish maqsadida nazariy va amaliy treninglar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, navbatdagi trening viloyati IIB Jamoat tartibini saqlash va patrul-post xizmati xodimlari belgilangan vazifalarini bajarish chog‘ida keng jamoatchilik vakillari bilan muloqot, qonunchilikka rioya qilish tartibi hamda jamoatchilik nazorati faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar o‘tkazildi.

Bunda, xodimlarning xizmat jarayonida duch kelayotgan masalalari, ularni qiynab yurgan muammolar o‘rganildi. Jamoatchilik vakillari bilan muloqot chog‘ida o‘zaro huquq va majburiyatlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berib, Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan “Axborot makonida suiisteʼmolchiliklarga barham berish yoxud ochiqlik sharoitida xizmat olib borish” nomli o‘quv filmi namoyishini o‘tkazdi.

Mazkur tadbirlar viloyatning barcha hududlarida davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Text to speech