8 Iyun 2023 yil 386

Jinoyatlarning navbatdagi sohabay muhokamasi viloyat Xalq taʼlimi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazildi

Dalatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.

Zero, mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada har bir rahbarlardan yuksak masʼuliyat va yuqori darajadagi javobgarlikni talab qiladi.

Shu o‘rinda, bugun 8-iyun kuni viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev boshchiligida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonod hamda qator masʼullar va Buxoro shahridagi barcha taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida soha xodimlari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olishga doir amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Unda maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari, masʼul pedagoglar ishtirok etib, taʼlim-tarbiya sifatini oshirish hamda borada tizim mutasaddilarining masʼuliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlariga oid fikr-mulohazalarni bildirildi.

Yig‘ilishda joriy yilning 5 oyi davomida viloyatda taʼlim sohasida voyaga yetmagan o‘quvchilar ishtirokida jami 60 ta hamda tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan 26 ta jinoyat holatlari sodir etilgani qattiq tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, soha xodimlari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sodir etilgan jinoyatlarning sabab va omillari xususida maʼruza qilinib, yig‘ilganlarga firibgarlik, o‘g‘irlik, kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik hamda yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlashga doir tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida korrupsiya taʼlim-tarbiya tizimi uchun eng katta xavf va birinchi raqamli dushman ekanligi alohida taʼkidlanib, taʼmagirlik, poraxo‘rlik, tovlamachilik va firibgarlik hamda boshqa shu turdagi korrupsion jinoyatlar, ularning huquqiy oqibatlari, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

Tizimda korrupsion holatlarni oldini olish borasida hamjihatlikda kurashish va bu kabi holatlarga duch kelinganda tegishli huquq-tartibot idoralari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning soddalashtirilgan tizimi yaratish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Jinoyatlarning bu kabi muhokamalari viloyatning boshqa sohalarida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari ishtirokida davom ettiriladi.

Text to speech