4 Yanvar 2023 yil 683

Jondor tumani 3-sektoriga qarashli hududlarda mahallabay o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan tasdiqlangan grafik asosida Jondor tumani 3-sektoriga qarashli “Darveshi” va “Tobagar” mahallasida aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari sektor rahbari hamda Buxoro viloyat IIB dan biriktirilgan masʼul rahbarlar tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida aholiga kuz-qish mavsumi davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlarni bartaraf etish maqsadida 7/24 grafigida ish olib boruvchi tezkor shtab faoliyati to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, shtabga biriktirilgan masʼul xodimlar hamda ishchi telefon raqamlari tarqatildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar belgilangan tartibda tuman IIBda tashkil qilingan tezkor shtabda qayd qilinib, yechimlari bo‘yicha ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan bir qatorida, fuqarolarga so‘nggi vaqtlarda taqiqlangan “DOK 1 MAKS” hamda “AMBRONOL” dori vositalaridan foydalanmaslik to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

O‘rganishlar davomida, “Darveshi” hamda “Tobagar” mahallalarida faoliyat ko‘rsatayotgan mahalla xodimlari, tuman hokimligidan va tuman IIBdan MFYga biriktirilgan masʼullarga aholi muammolarini “xonadonbay” va “fuqarobay” o‘rganish borasida tegishli topshiriqlar berilib, mahallalardagi ijtimoiy soha obyektlarining binolarini qish mavsumida isitilish ahvoli ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga hududdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari ham o‘rganilib, jamoat transportlarini navbatsiz yonilg‘i bilan taʼminlash yuzasidan chora tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarining qish mavsumida isitilish ahvoli va mavjud muammolari ham o‘rganildi.

O‘z navbatida, Jondor tuman elektr tarmoqlari korxonasi hamda tuman gaz taʼminoti bo‘limi dispetcherlik xizmatida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar bilan ham tanishildi.

Bu boradagi o‘rganish ishlari tumanning 3 sektoriga qarashli boshqa mahallalarda ham davom etmoqda.

Text to speech