14 Aprel 2023 yil 584

Jondor tumani: Dala shiyponida fohishaxona saqlash bilan shug‘ullangan shaxs fosh etildi

2023 yil 8 aprel kuni soat 23:00 larda Jondor tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Oriyat” tezkor profilaktik tadbiri davomida tumanning “Po‘loti” mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan F.M. g‘arazli va boshqa past niyatlarida fohishaxona saqlab, tekin boylik orttirish maqsadida o‘ziga tegishli bo‘lgan “Rabotio‘g‘lon” qishlog‘ida joylashgan dala shiyponinida bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishlari uchun 200.000 so‘m evaziga sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov haraktlari olib borilmoqda.

Text to speech