17 Mart 2023 yil 456

Jondor tumanida nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevral kunidagi 84-son qarori ijrosi yuzasidan bugun, 16-mart kuni Jondor tumani IIBda Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan navbatdagi profilaktik uchrashuv tashkil etildi. 

Bunda, viloyat IIB JXX Probatsiya bo‘limi boshlig‘i mayor Baxtiyor Xudoyberdiyev boshchiligida tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi, Xalq taʼlim bo‘limi, Yoshlar agentligi, Oila va xotin qizlar bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan qayta jinoyat etishga moyil nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Jarayonda nazorat ostidagi shaxslarning mavjud muammolari o‘rganilib, qayta jinoyat ko‘chasiga kirmaslik hamda mamlakatimizda ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish masalalariga doir yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanishlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish, tamagirlik va poraxo‘rlik kabi salbiy illatlar oqibatlari borasida so‘z yuritilib, targ‘ibot bukletlari hamda mas'ullarning xizmat va shaxsiy tashrif qog‘ozlari tarqatildi.

Text to speech