11 Aprel 2023 yil
435
Jondor tumanida qurolni qonunga xilof ravishda saqlagan shaxs aniqlandi
Jondor tumani IIB TQX JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbirlari davomida tumanning “Obod” mahallasida yashovchi N.S. ismli shaxs o‘z yashash xonadonida marhum bobosiga tegishli bo‘lgan 16 kalibrli, bir silliq milli, I-92639 raqamli otish uchun yaroqli bo‘lgan jangovar o‘q otar qurollar turkumiga kiruvchi ov miltig‘ini tegishli ruxsatnomasiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, undan ushbu ov quroli tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan N.S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.