Jondorda qonunga xilof ravishda qurol saqlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Jondor tumani IIB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, tuman IIB xodimlari tomonidan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha “zarbdor oylik” doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning “Ko‘liyon” mahallasida yashovchi 1956-yilda tug‘ilgan R.G‘. ismli shaxs “Xumin” mahallasida joylashgan dala hovlisida tegishli ruxsatnomasiz 1964-yilda Ijevsk qurol zavodida ishlab chiqarilgan 16 kalibrli, bir silliq nilli, “Ij-18” modelli, S 93014 raqamli, dastagining ichki qismida I 77889 raqami mavjud bo‘lgan ov miltig‘ini noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.