15 Iyun 2023 yil 794

Jondorlik shaxs soxta dollar kupyuralari evaziga ikki fuqaroni chuv tushirdi

Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, nomaʼlum shaxs 2023-yil 11-iyun kuni o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, tekin boylik orttirish maqsadida Surxandaryo viloyati Qiziriq tumani “Oqjar” mahallasi hududida joylashgan “Istara” dehqon bozori tarkibidagi “Qo‘y” bozorida soat 06:00 larda o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan Bandixon tumani “Paxtakor” mahallasida yashovchi boshqa bir fuqaro B.I. ning bozorga sotish uchun olib kelgan qo‘ylaridan 8 boshini 1.600 AQSH dollariga savdolashib, 16 dona soxta 100 dollarlik pul kupyuralarini berib,(jami 1.600 AQSH dollari) 8 bosh qo‘ylarini olib ketganligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu nomaʼlum shaxs o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, aynan shu kuni soat 07:00 larda ushbu bozorda o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan Bandixon tumani “Zevar” mahallasida yashovchi boshqa bir fuqaro N.H. ning bozorga sotish uchun olib kelgan qo‘ylaridan 14 boshini 2.600 AQSH dollariga savdolashib, to‘lov evaziga unga ham soxta dollar pul kupyuralarini bergan.

Mazkur holat yuzasidan Surxandaryo viloyati Qiziriq tumani IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Buxoro shahar IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatlarni Buxoro viloyati Jondor tumani “Mirzayon” mahallasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan Q.M. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi.

Ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech