YPX inspektoriga pora taklif qilgan fuqaro ushlandi
Peshku tumani Afshona qishlog‘ida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan O.A. haydovchilik guvohnomasisiz avtomashina boshqarib, yo‘l harakati qoidabuzarligini sodir etganligi holati yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX inspektoriga 1 mln. 500 ming so‘m pora taklif qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB viloyat boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tuman IIB YHXB maʼmuriy binosi oldidagi jarima maydonchasida ushbu shaxs inspektorga 1 mln. 500 ming so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar!
Pora olish ham, berish ham birdek jinoyat. Bu kabi korrutsion jinoyatlar uchun bir xil turdagi jazo choralari qo‘llaniladi.
Shunday ekan, jamiyatimizni turli korrupsion jinoyatlardan xoli qilishda birgalikda kurashaylik.