10 Iyun 2023 yil 447

Yo‘ldagi bezori qonun oldida javob beradigan bo‘ldi

2023-yilning 20-may kuni soat 13:30 lar atrofida G‘ijduvon tumani “Nodirabegim” mahallasida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan U.A. ismli shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashina bilan “M-37” avtomobil yo‘li orqali Buxoro shahridan G‘ijduvoniga harakatlanib borayotib, ushbu yo‘lning Vobkent tumani “Panob” hududidan o‘tgan 243-kilometriga yetganida, avtomobil boshqaruvida qilingan xavfli harakat sabab, yo‘lning qatnov qismida harakatlanib ketayotgan, o‘ziga notanish Sh.F. boshqaruvida bo‘lgan “Lada largus” rusumli avtomashinani to‘xtatib, o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida Sh.F. ni urib, sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra yengil tan jarohati yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech