Kadrlar siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bo‘sh lavozimlarni munosib nomzodlar bilan jamlash ish samaradorligining mezonidir
Bugun, Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda shaxsiy tarkib ishtirokida viloyat ichki ishlar organlarining bo‘sh bo‘lgan ofitserlik hamda safdorlik lavozimlarini munosib nomzodlar bilan jamlash borasidagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i eʼlon qilindi.
Boshqarma boshlig‘i yangi lavozimlarga tayinlangan xodimlar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning kelgusidagi ustuvor vazifalarini belgilab berdi.
Shuningdek, viloyat ichki ishlar organlarida kadrlar siyosatini to‘g‘ri va adolatli olib borish, tizimni xalqchil tuzilmaga, fuqarolarning chinakam himoyachisiga aylantirish, xodimlarni Vatanga va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash, taraqqiyotning eng asosiy to‘siqlaridan biri bo‘lgan korrupsiogen holatlarga qarshi keskin va ayovsiz kurash olib borish lozimligini qayd etib o‘tdi.
Bundan tashqari, xizmat intizomi va qonunchilik talablarini buzgan har qanday toifadagi masʼul rahbar va xodimlarga nisbatan keskin intizomiy taʼsir choralari qo‘llanilishi qatʼiy belgilandi.