29 Aprel 2023 yil 468

Kaliti o‘zida qoldirilgan motoskuterni o‘g‘irlab ketgan jinoiy guruh ushlandi

2023 yilning 27 aprelidan 28 aprel kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Olot tumani “Asajam” mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan H.H.ning yashash uyi oldida, kaliti o‘zida qoldirilgan, 2019 yilda ishlab chiqarilgan, “Lochin LS 200 SS” rusumli, yuk tashuvchi motoskuter olib qochib ketilgan.

Mazkur holat yuazasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, eʼlon qilingan "To‘sib ushlash" maxsus tadbiri davomida olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni tumanning “Yoshbotir” mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan R.N. va “Bunyodkor” mahallasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan S.O.lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganligi aniqlanib, Buxoro tumani “Sheyxoncha” mahallasi hududida qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruhga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech