16 Sentyabr 2022 yil 351

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida viloyat IIBda minifutbol sport musobaqasi tashkil etildi

Ichki ishlar organlarida keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida viloyat IIBda MM va KBTX tomonidan boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirokida xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, sportni yana-da rivojlantirish maqsadida sportning mini futbol turi bo‘yicha navbatdagi sport musobaqasi tashkil etildi.

Barcha xizmatlar jamoalari ishtirokida qizg‘in va murosasiz kechgan ushbu musobaqa xodimlarning jismoniy chiniqishlari bilan birgalikda, hamkasblar orasida sog‘lom raqobat rivojlanishi uchun ham ayni muddao bo‘ldi.

Bunda, faxrli 1-o‘rinni viloyat IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi tezkor vakillaridan iborat jamoa egallagan bo'lsa, 2-o‘rinni viloyat IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlaridan iborat jamoa hamda 3-o‘rinni esa viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi jamoasi vakillari qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

G‘olib jamoalar ishtirokchilari boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Umid Utayev tomonidan kubog, diplom, kitoblar jamlanmasi va esdalik sovg‘alari bilan munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech