“Keksalar haftaligi” doirasida faxriylar kengashi aʼzolari uchun Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi bo‘ylab sayohat tashkil etildi
Hayotda ko‘pni ko‘rgan, yillar sinovida toblanib, boy amaliy tajriba to‘plagan faxriylarning o‘git va maslahatlari yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, ichki ishlar organlarida ham “ustoz-shogird” anʼanasini yo‘lga qo‘yish, faxriylar va yosh xodimlar ishtirokida uch avlod uchrashuvlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ichki ishlar vazirining joriy yil 28-sentyabr kunidagi “Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va xodimlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot guruhlarini tashkil etish to‘g‘risidagi”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ham ushbu ezgu maqsad mujassamdir.
“Keksalar haftaligi” doirasida Ichki ishlar vazirligi faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi aʼzolari ishtirokida Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Bunda, Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat, xizmat intizomiga rioya qilish, halollik, fuqarolar bilan muomala madaniyati kabi tushunchalar borasida so‘z bordi.
Bu kabi xayrli tadbirlar “ustoz-shogird” anʼanasining amaldagi ifodasi sifatida keksalar tajribasini yoshlar shijoati bilan uyg‘unlashtirishga, shu asosda soha xodimlarining qalbidagi Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat tuyg‘ularini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.